Qaysi fanlardan daftar tekshirish uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi?
2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan (Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda) umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga daftarlar va yozma ishlarni tekshirish uchun maoshlarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. Kam komplektli (ya’ni, sinf yoki sinf-komplektdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan) maktablarda esa bu miqdor eng kam oylik ish haqining 25 foizini tashkil etadi. Ushbu […]