Chet tilini o‘rganish diqqatni oshirib, miya qarishini sekinlashtirishini bilarmidingiz?

Chet tilini o‘rganish diqqatni oshirib, miya qarishini sekinlashtirishini bilarmidingiz?

Ingliz tili dunyo bo‘yicha “lingua franca” (umumiy aloqa tili) sifatida qaralayotgani sababli, ko‘plab ingliz tilida so‘zlashuvchilar yangi til o‘rganish shart emas deb o‘ylashlari mumkin. Ammo bu fikr har doim ham to‘g‘ri emas.

 

 

Yangi til o‘rganish hech qachon zoye ketmaydi. Siz uni yangi mamlakatga borganingizda mahalliy aholi bilan muloqot qilish, yo‘lingizni topishda yordam so‘rash yoki ingliz tilini o‘rgatish uchun chet elga ko‘chganda o‘zingizni uyda his qilish uchun ishlatishingiz mumkin. Bundan tashqari, u ish faoliyatingizda ham, xizmat safarlaringizda ham asqotadi.

 

 

Ikkinchi tilni bilish sizga butunlay yangi adabiyotlar olamiga eshik ochadi. Biroq bu uning yagona foydasi emas. Foydalari bundan ham ko‘proq.

Nega ikkinchi tilni o‘rganish muhim?

 

Hozirda ikkinchi tilni bilish — butun dunyo odamlari bilan tezroq va mazmunliroq aloqa qilish imkonini beradigan muhim ko‘nikmadir. Aloqalar esa globallashuv sharoitida hech qachon bo‘lgani kabi muhim bo‘lib bormoqda. Shu bois, chet tilini bilish insonga har doim katta ustunlik beradi.

 

Ikki va undan ortiq tilni o‘rganish foydalari:

 

– u miyangizni va xotirangizni kuchaytiradi;

 

– ijodkorlik va o‘ziga ishonchni oshiradi;

 

– ish faoliyatida imkoniyatlaringizni kengaytiradi.

 

 

Shuningdek, bu ona tilini chuqurroq anglashga yordam beradi.

 

The Benefits of Bilingualism

 

1. Miyaning faoliyatini kuchaytiradi

 

Yangi til o‘rganish miyadagi kulrang moddani (gray matter) rivojlantiradi.

 

Miyadagi kulrang modda — qancha ko‘p bo‘lsa, miya shuncha samarali, kuchli va sog‘lom ishlaydi. Ya’ni:

 

Xotira kuchayadi – ma’lumotlarni tezroq yodlaydi va uzoqroq eslab qoladi.

Diqqat oshadi – bir narsaga ko‘proq e’tibor qaratish va chalg‘imaslik osonlashadi.

Fikrlash tezlashadi – muammolarni tezroq va samaraliroq hal qiladi.

Ijodkorlik ortadi – noodatiy g‘oyalar va yangi yechimlar topish osonlashadi.

Stressga bardosh kuchayadi – hissiy muvozanatni saqlash oson bo‘ladi.

Aqliy qarish sekinlashadi – demensiya va Altsgeymer kasalligi kabi kasalliklarning boshlanishi kechikadi.

 

Yangi tilni o‘zlashtirish butunlay yangi grammatik qoidalar va so‘z boyligini egallashni talab qiladi. Bunda miyada yangi tilning murakkabliklarini yodda saqlash va yangi naqshlarni qabul qilish bilan shug‘ullanar ekan, unda yangi o‘zgarishlar yuz beradi. Mushaklar kabi, miya ham qancha ko‘p ishlatilsa, shuncha kuchli va rivojlangan bo‘ladi.

 

Grey Matter In The Brain

 

Til o‘rganish miyaga eng katta chaqiriqlardan biridir. Olimlarning aniqlashicha, biz ona tilimizda so‘zlashganda miya chap yarim sharidan foydalanadi. Ikkinchi til esa faqat bitta yarim shar bilan cheklanmay, ikkisini birgalikda ishga soladi. Bu esa miya oq va kulrang moddasining (white and gray matter) hajmini oshiradi.

 

 

Bundan tashqari, yangi tilni o‘rganish aqliy qarishni sekinlashtiradi va kognitiv susayishning oldini oladi. Tadqiqotlarda ko‘p tilli kattalarda Altsgeymer kasalligi va aql susayishi (demensiya) alomatlari bir tillilarga qaraganda ancha kech paydo bo‘lishi aniqlangan. Olimlar sog‘liq, iqtisodiy ahvol, ta’lim darajasi va jins kabi boshqa omillarni ham tekshirishdi, biroq hech biri til bilish darajasi kabi kuchli ta’sir ko‘rsatmagan.

 

2. Diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi

 

Bugungi kunda odamlarning o‘rtacha e’tibor muddati 12 soniyadan 8 soniyagacha qisqargani aytilmoqda. Yangi til o‘rganish esa bu muammoning samarali yechimi bo‘lishi mumkin.

 

 

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi til o‘rganish miyaga diqqatni jamlash va chalg‘ituvchi narsalarni bartaraf etish imkonini beradi. Buning sababi — doim tillar o‘rtasida almashib turishdir. Ikki yoki undan ortiq tilni biladigan odamlar gaplashayotganda miyalarida tillarni tez-tez almashtirib turadilar. Bu esa diqqatni faqat bitta narsaga qaratish va boshqa keraksiz axborotdan chalg‘imaslik qobiliyatini rivojlantiradi.

 

Focus on Focusing

 

Bir tadqiqotda shunday deyiladi:

“Doim ikki tilni nazorat qilish zaruriyati ijro tizimida ustunlik beradi. Bu tizim kognitiv jarayonlarni boshqaradi. Ushbu ta’sirlar ko‘proq vizual stimullarda kuzatilgan va bolalar hamda keksalarda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Aniqroq aytganda, ikki tillilar bir tillilarga qaraganda qarama-qarshi axborot oqimlarini boshqarishda va kerakli stimulga e’tibor qaratishda samaraliroqdirlar. Bu jarayon “inhibitor nazorat” deb ataladi.”

 

3. Ko‘proq ish imkoniyatlari

 

Biz ko‘p millatli dunyoda yashayapmiz. Ko‘plab kompaniyalar bozorlarini kengaytirish uchun xorijda filiallar ochmoqda. Shu sababli ikki tilli mutaxassislarga talab kun sayin ortib bormoqda.

 

 

Chet tilini o‘zlashtirish orqali siz uchun mavjud bo‘lgan ish o‘rinlari soni ikki baravar ko‘payadi va karyerada tezroq ko‘tarilish mumkin. Raqobat kuchli bo‘lgan mehnat bozorida ish beruvchilar o‘ziga xoslik bilan ajralib turadigan nomzodlarni izlashadi. Chet tilini bilish sizni boshqa ko‘plab nomzodlar orasida ajratib ko‘rsatishi mumkin. Hatto rezyumeyingizda chet tilini bilishingizni ko‘rsatishingizning o‘zi ham potentsial ish beruvchi uchun qidirayotgan muhim xususiyat bo‘lishi mumkin.

 

4. Ijodkorlikni kuchaytiradi

 

Chet tilini bilish nafaqat miyaga foyda keltiradi, balki ijodkorlik darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Til o‘rganishni boshlagan odam o‘sha til so‘zlashiladigan hududning madaniyati bilan ham tanishadi. Qanchalik ko‘p yangi madaniyatlarni o‘rgansangiz, dunyoga turli nuqtai nazardan qarash qobiliyatingiz shunchalik kengayadi.

 

Mutaxassislarning fikricha, ijodkor bo‘lish insonning ruhiy salomatligini ham yaxshilaydi.

5. Ona tilingizni rivojlantiradi

 

Ona tilini inson odatda hech qanday rasmiy ta’limsiz, tabiiy tarzda o‘zlashtiradi. Bolalar o‘z jamiyatida eshitayotgan tilda gapira boshlaydilar. Biroq boshqa tilni o‘rganish butunlay boshqa jarayondir: unda boshidanoq grammatika, so‘z boyligi, iboralar va gap tuzilishi o‘rgatiladi.

 

Ikkinchi tilni o‘rgana borar ekansiz, o‘zingizning ona tilingizdagi bilimlaringizni ham chuqurroq anglab borasiz. Avval instinktiv ravishda his qilgan, ammo izohlashga qiynalgan grammatik qoidalarni endi ongli ravishda tushuntira olasiz.

 

Shuningdek, ikki til o‘rtasidagi farqlarni — so‘z boyligi, grammatika, iboralar va gap tuzilishi bo‘yicha — yaqqol sezib borasiz. Bu esa ona tilingizdagi tushunish va nutq ko‘nikmalaringizni sezilarli darajada kuchaytiradi.

 

6. Ko‘p vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish ko‘nikmasini shakllantiradi

 

Ko‘p odamlar multitasking (bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni bajarish) bo‘yicha unchalik muvaffaqiyatli emas. Ammo bu ikki tilli odamlarga kamdan-kam hollarda tegishli. Ularning miyasi har kuni tillar o‘rtasida almashish orqali mashq qiladi.

 

Multitasking: Skill or Myth | Clockwise

 

Miya ushbu murakkab jarayonga moslashgach, bu ko‘nikma boshqa faoliyatlarda ham qo‘llaniladi. AQSh Milliy sog‘liq institutlari (NIH) o‘tkazgan tadqiqotda ikki tillilar vazifalarni bir tillilarga qaraganda tezroq almashtirgani aniqlangan.

 

7. Kognitiv susayishni sekinlashtiradi

 

Agar siz hali yangi til o‘rganishni boshlamagan bo‘lsangiz va buning uchun qo‘shimcha sabab izlayotgan bo‘lsangiz, mana u: yangi til o‘rganish kognitiv buzilishlarning erta boshlanish xavfini kamaytiradi.

 

 

Bugungi kunda AQShda 16 milliondan ortiq odam kognitiv buzilishlar — Altsgeymer kasalligi, demensiya yoki boshqa xastaliklar bilan yashamoqda. Bilingualizmning kognitiv qarishga ta’siri haqidagi so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, jinsi, irqi yoki kasbidan qat’i nazar, bir nechta tilni biladigan odamlar kognitiv susayishning birinchi belgilari bilan bir tillilarga qaraganda o‘rtacha to‘rt yarim yil kechroq duch kelishadi.

 

Bilingualizm (ikki tillilik) — bu bir odamning ikki tilni faol ravishda bilishi va ishlatishi holati.

Ya’ni kimdir o‘z ona tilidan tashqari yana bir tilni ham yaxshi bilsa va uni muloqot, o‘qish, yozish, o‘qitish yoki ish faoliyatida muntazam ishlatsa, bu bilingual deyiladi.

 

Ikkinchi tilni bilish sizni yoshlik manbai bilan ta’minlamasa-da, miyangizni yoshroq va faolroq saqlashga albatta yordam beradi.

8. Xotirani mustahkamlaydi

 

Miya mushaklarga bejiz o‘xshatilmaydi. Qandayki jismoniy mashqlar mushaklarni kuchaytirib, ularning hajmini oshirsa, muntazam intellektual mashqlar ham miyani rivojlantiradi va samaradorligini yaxshilaydi. Til o‘rganishni miyaga beriladigan mashq sifatida tasavvur qilish mumkin. Avval grammatik qoidalarni tushunish, keyin esa ularni yodda saqlash va qo‘llash jarayoni xotirani kuchaytiradi.

 

 

Shu sababli, bir nechta tilni biladigan insonlar ma’lumotni yodda saqlashda ancha ustun bo‘ladilar. Ular ro‘yxatlar, ismlar, telefon raqamlari va yo‘nalishlarni eslab qolishda monolingvallardan samaraliroqdir. Bu borada ilmiy dalillar ham mavjud: yangi so‘z boyligini o‘rganish xotira kuchini oshiradi. Demak, yangi til o‘rganish orqali miyangizni samarali mashq qildiring va xotira qobiliyatingizni mustahkamlang.

9. O‘ziga ishonchni oshiradi

 

Hech kim chet tilida so‘zlashganda xato qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan vaziyatda diqqat markazida bo‘lishni istamaydi. Ammo til o‘rganishning mohiyati ham shunda — u sizni doimiy ravishda qobiqdan chiqaradi va oxir-oqibat siz xatolarga qaramay har qanday vaziyatda o‘zingizni erkin his qila boshlaysiz.

 

Mahalliy til egasi bilan ularning tilida muloqot qilganingizda yuzaga keladigan ishonch hissiga hech narsa teng kelmaydi. Ana shunda sizning o‘ziga ishonchingiz keskin ortadi.

Ikkinchi tilni o‘rganish — o‘zingizga qiladigan bebaho sarmoya bo‘lib, u kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishdan tortib, karyera imkoniyatlarini kengaytirish va madaniy almashinuvni yengillashtirishgacha ko‘plab foydalarni beradi. Til orqali dunyoni o‘rganish turli nuqtai nazarlarni va madaniyatlarni chuqurroq tushunish va qadrlash imkonini beradi.