2025-yilning oktyabr oyida “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumiga start beriladi

2025-yilning oktyabr oyida “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumiga start beriladi

Prezident tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Jadidlar izidan” tanlovining yangi mavsumi boshlanmoqda.

 

 

Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6-7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.

 

 

Tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g’olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.