Doskada ko‘rinishi lozim bo‘lgan o‘lchamga teng nisbatdagi tasvirni qog‘ozda tayyorlang;
Agar siz bo‘sh qog‘ozdan foydalanishni xohlasangiz, chizg‘ich yordamida, namunalar varag‘iga o‘xshab, kataklar chizib oling;
Murakkab tasvirlarni doimo dars boshlangunga qadar doskaga chizib qo‘ying;
Doskadagi barcha yozuvlarni alohida papkaga yoki nazariy darsga tayyorgarlik papkasiga solib qo‘ying.
Doskada harflar, raqamlar va chiziqlarning yozilishi
Matnlarni imkon boricha qisqa yozing;
Yozuvlar orasidagi masofaning bir xilligiga rioya qiling;
Orfografik xatolarga ahamiyat bering va xatoni o‘sha zahoti to‘g‘rilang;
Harflarni kamida 4 cm balandlikda yozing va xonaning eng uzoq joyidan o‘qilishini tekshiring;
Chiziqlarni to‘g‘ri yozing, ularni qo‘lda yozishni mashq qiling.
Doskada ranglardan foydalanish
Asosan oq bo‘rni ishlating;
Rangli bo‘rlarni faqat didaktik nuqtai nazardan biror narsani ajratish uchun qo‘llang;
Bir xil narsalarga bir xil rang ishlating va shu qoidaga doim amal qiling.
Masalan, sarlavhalarni – qizil rangda, oraliq sahifalarni – zangori, maxsus matn o‘rinlarini – yashil, matn va chizmalarni – oq, o‘lchamlarini esa yashil rangda belgilang.