Endi yosh toifalari boʻyicha milliy tarbiya modeli yaratiladi

Endi yosh toifalari boʻyicha milliy tarbiya modeli yaratiladi

Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.

 

Endilikda yosh toifalari boʻyicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis boʻlish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson boʻlib tarbiyalanadi.

 

Buning ilk qadami sifatida yangi oʻquv yilidan barcha bogʻcha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari oʻtilmoqda.

 

Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik gʻoyasi, Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni oʻzgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.

 

Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.

 

Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.