14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi

14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi.

 

 

Ushbu maktablar oʻquvchilar umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi va davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladi.

 

 

Toshkent shahrida M.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “TashTech” Texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti yangi tashkil etiladi.

 

Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar instituti, Andijon davlat texnika instituti, Qarshi Davlat texnika universiteti, Nukus Davlat texnika universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat Texnika universiteti va Fargʻona davlat texnika universitetlari transformatsiya qilinadi.