Oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 29-avgust sanasida license.gov.uz saytida kuzatilgan texnik nosozliklar tufayli bir qancha nodavlat oliy ta’lim muassasalari litsenziyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarga toʻliq jarayon yakunlanmasdan turib ijobiy xulosa berilgani haqida xabar bergan edi.
Holat yuzasidan Adliya vazirligi rasmiy munosabat berdi.
Vazirlik munosabatida keltirilishicha “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz)da texnik nosozliklar hamda ruxsat etilmagan harakatlar kuzatilmagan va tizim shtat rejimida ishlab turibdi.
