Bugun davlat OTMlariga roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni

Bugun davlat OTMlariga roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni

2025-yil 25-iyun (bugun) — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni.

 

 

Bugun soat 23:59 ga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin undan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

 

 

Shu sababli:

 

 

– ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi soatlarini kutmang, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting;

 

–  ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (ketma-ketligini), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling;

 

– xalqaro sertifikatingiz bo‘lsa, hoziroq tizimga yuklang (xalqaro sertifikatlar bo‘limiga);

 

– test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring (test sinovi uchun to‘lovdan ozod qilinganlar bundan mustasno);

 

– ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingiz (qayd varaqasi) orqali tekshirib oling.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz