Abituriyentlarning kirish imtihonlari qachon boshlanadi? (video)

Abituriyentlarning kirish imtihonlari qachon boshlanadi? (video)

Xabaringiz bor, 2024-yilgi OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilgan edi. Joriy yilgi imtihon sanalari hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

 

 

Bilim va malakalarni baholash agentligidan Jamshid Odilov Kun.uz ga bergan intervyusida 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari katta ehtimol bilan 14-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lgan kunlarda o‘tkazilishi mumkin. Lekin bu hali rasman tasdiqlanmagan ekanini bildirdi.

 

‘‘Kirish imtihonlaridan 1 hafta avval abituriyentlar shaxsiy kabinetlariga kirib, ruxsatnomalarini taxminan 5-10-iyul kunlari yuklab olishlari mumkin bo‘ladi’’.

 

 

Shuningdek, test sinovlari uchun binolar roʻyxati shakllantirilgan. O‘tgan yili imtihonlar 73 ta binoda o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yil dastlabki ro‘yxatda 90 ta (zaxirasi bilan) binoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

BMBA boshqarma boshlig‘i Zafar Olimbekovning ta’kidlashicha, ruxsatnomada abituriyentlarni imtihonga qatnashish sanasi, smenasi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

 

Yakuniy qarorlar ariza topshirish yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.