Dunyo texnologik o‘zgarishlar bilan tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir paytda, mehnat bozori ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda eng ommabop deb hisoblangan kasblar, kelajakda o‘z ahamiyatini yo‘qotib, hali hech kim eshitmagan yangi mutaxassisliklarga yo‘l ochishi mumkin. Kelajakda talab yuqori bo‘lishi kutilayotgan ba’zi kasblar:
1. Kvant hisoblash davri kiberxavfsizlik mutaxassisi
Kvant hisoblash davri — bu kvant mexanikasining prinsiplari asosida ishlaydigan kompyuter texnologiyalarining rivojlanish davri bo‘lib, bu davrda kompyuterlar an’anaviy hisoblash metodlaridan farq qiladi. Raqamlashtirish har bir sohada tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bo‘lsa, kiberhujumlar xavfi ham ortib bormoqda. Kvant kompyuterlarining rivojlanishi bilan, an’anaviy shifrlash usullari xavf ostiga tushishi mumkin, bu esa ma’lumotlarni himoya qilish uchun yangi yondashuvlarni talab qiladi. Post-kvant kriptografiyasi mutaxassislari bu sohada yetakchi bo‘lib, kvant hisoblash texnologiyalaridan foydalangan hujumlarga qarshi himoya algoritmlarini ishlab chiqadilar. Ushbu mutaxassislar matematik, kriptografiya, kvant fizika va dasturlash sohalarida chuqur bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
2. Neyrointerfeyslari dizayneri
Miya va kompyuter o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash texnologiyalari (brain-computer interfaces, BCI) tez rivojlanmoqda. Yaqin o‘n yil ichida ular ilmiy laboratoriyalardan ommaviy bozorga chiqishi kutilmoqda. Bu esa, inson miyasi va raqamli tizimlar o‘rtasida samarali va qulay aloqani ta’minlaydigan dizaynerlarga ehtiyojni keltirib chiqaradi. Neyrointerfeyslari dizaynerlari tibbiy reabilitatsiya, ta’lim, ko‘ngilochar sohalarda ishlovchi mahsulotlarni yaratadilar. Ularning vazifasi nafaqat samaradorlikni, balki texnologiyalarni axloqiy, xavfsiz va maxfiyligini ta’minlash bo‘ladi.
3. Metaversalar arxitekturasi
Metaversa – bu fizik dunyo bilan birlashtirilgan virtual olamlar konsepsiyasi asta-sekinlik bilan haqiqatga aylanishi kutilmoqda. Virtual va qo‘shilgan reallik texnologiyalari, shuningdek, 6G tarmog‘i yordamida metaversalar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning muhim qismiga aylanadi. Metaversa arxitektorlarining vazifasi faqat vizual jozibali dunyolar yaratish emas, balki ularning iqtisodiyoti, ijtimoiy tuzilishi, boshqaruv tizimlari va real dunyo bilan o‘zaro aloqalarini ishlab chiqishdir. Ushbu kasb 3D modellashtirish, o‘yin dizayni, iqtisodiy psixologiya va ijtimoiy psixologiya sohalarida bilimlarni talab qiladi.
4. Sun’iy intellekt axloqi bo‘yicha mutaxassis
Sun’iy intellekt barcha sohalarda tobora keng tarqalmoqda va bu bilan birga axloqiy muammolarni keltirib chiqaradi. Algoritmlarning nohaqligi, avtomatik tizimlar va inson hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilish kabi masalalar yuzaga kelmoqda. Sun’iy intellekt axloqi mutaxassislari, sun’iy intellektning mas’uliyatli va adolatli ishlatilishini ta’minlash uchun prinsiplar va mexanizmlarni ishlab chiqadilar. Ular axloqiy, ijtimoiy va texnologik sohalarni birlashtirgan mutaxassislar bo‘lishi kerak.
5. Ekosistemalarni tiklash bo‘yicha biotexnolog
Iqlim o‘zgarishi, ifloslanish va boshqa antropogen omillar tabiiy ekosistemalarga jiddiy zarar yetkazmoqda. Kelgusi o‘n yil ichida biotexnologlar ekologik buzilgan ekosistemalarni tiklash uchun yangi yondoshuvlarni ishlab chiqadilar. Bu kasbda ishlovchi mutaxassislar genetik modifikatsiyalangan mikroorganizmlardan foydalangan holda ifloslangan tuproqni tozalash, yo‘qolgan turlarni qayta tiklash va o‘rmon va dengiz ekosistemalarini qayta tiklash kabi usullarni qo‘llaydilar.
6. Ta’qsimlangan jamoa koordinatori
COVID-19 pandemiyasi uzoqdan ishlash modelini tezlashtirdi va bu tendensiya kelajakda davom etishi kutilmoqda. An’anaviy ofis ishini asta-sekin o‘zgartiradigan va butun dunyo bo‘ylab turli hududlarda joylashgan jamoalarni samarali boshqaradigan mutaxassislar talab qilinadi. Ta’qsimlangan jamoalar koordinatori o‘z jamoasini samarali boshqarishi, ishni onlayn va oflayn formatlarda tashkil etishi, madaniy aloqalar va ruhiy farovonlikni ta’minlashi kerak. Ularning asosiy kompetentsiyalari kommunikatsiya, psixologiya, raqamli vositalar va tashkilotchilikni tushunish bo‘ladi.
Mehnat bozorining kelajagini bashorat qilish qiyin bo‘lsa-da, texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlar mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Ular har bir soha uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga, texnik bilimlarni tafakkur bilan uyg‘unlashtirishga va o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashishga tayyor bo‘lishlari kerak.
