Insofsiz raqobat holatlari yuzasidan ta’lim muassasasiga nisbatan tegishli ta’sir chorasi ko’rildi

Qoʻmitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan isteʼmolchilarni chalgʻitish va insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilishi holatlari boʻyicha oʻrganish ishlari oʻtkazildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi ma’lum qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, xususiy oliy taʼlim muassasasi hisoblangan Navoiy innovatsiyalar universiteti tomonidan oʻzining rasmiy telegram sahifasida “Eng arzon kontrakt toʻlovi” deb isteʼmolchilarni chalgʻituvchi axborotdan foydalanib, insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilganlik holatlari aniqlangan.

 

“Taʼkidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan “Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi” 6-bandida “eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish insofsiz raqobatning belgilari hisoblanadi.

 

Yuqoridagilarga koʻra, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Navoiy Innovatsiyalar universitetiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi”, — deyiladi xabarda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры