Rossiya va MDH mamlakatlarini o‘quvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorlash boshlandi

Markaziy universitet va Sun’iy intellekt (SI) sohasidagi hamkorlik tashkilotlari avgust oyida Xitoyda o‘tkaziladigan Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiadaga ikki maktab jamoasini tayyorlashni boshladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

 

Bu yil 88 nafar o‘quvchi maxsus dastur asosida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ular orasida sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tgan yilgi Rossiya chempionatlari va tanlovlarining sovrindorlari ham bor. Tayyorgarlik dasturi neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va kompyuter ko‘rish (CV) kabi sohalarni qamrab oladi.

 

 

Ma’lum bo’lishicha, birinchi bosqich 13 hafta davom etadi. Dastlabki bosqichda onlayn mashg‘ulotlarda, haftalik vebinarlar, Kaggle musobaqalari va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sessiyalarda ishtirok etishadi.

 

 

Aprel oyida o‘tkaziladigan treninglar yakunida sakkiz nafar eng iqtidorli ishtirokchi tanlab olinib, yakuniy bosqichga tayyorlanadi.

 

Markaziy universitet rektori Yevgeniy Ivashkevichning aytishicha, universitetning yirik kompaniyalar bilan hamkorligi ushbu dasturga katta imkoniyatlar yaratadi.

 

“Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy yutuqlar, kompaniyalar bazasi va yoshlarning intilishi ularga xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi”, — degan u.

 

O‘tgan yili Rossiya jamoasi birinchi marta Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiadada g‘olib chiqqan. Jamoa 39 mamlakat vakillarini ortda qoldirib, katta farq bilan g‘alaba qozongan. Shu bois mutaxassislar bu yil ham yuqori natijalarni kutishmoqda.

 

 

Tashabbus tashkiliy tomonlama “Sber”, “Yandeks”, VK kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani qayd etilgan.

“Bunday loyihalar yosh avlodning rivojlanishiga ko‘maklashadi va Rossiyaning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini namoyon etadi”, — deydi “Sber” banki vitse-prezidenti Maksim Yeremenko.

 

 

Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada nafaqat o‘quvchilar uchun, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir bo‘lishi kutilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры