Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
– umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
– “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
– taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
– respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.
Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
– tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan;
– umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
– oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan;
– shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.