Bolalar oromgohlariga yo’llanma olish tizimiga o’zgartirishlar kiritildi

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

 

Qarorga ko’ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:

 

 

–  Bolalarni sog’lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko’maklashish jamg’armasiga 2025–2026 yillarda ajratilishi nazarda tutilgan mablag’ning bir qismini 2023 yil yoz mavsumida dam olgan bolalarning yo’llanma xarajatlarini hamda 2024 yil yoz mavsumiga 59 ta oromgohni tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’mirlash ishlari bo’yicha vujudga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun yo’naltirishga ruxsat berildi;

 

 

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo’mitasining bo’ysunuvi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o’tkazilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari o’zaro muvofiqlashtiriladi;

 

 

Bundan tashqari, “Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

 

 

Bunda yo’llanma xarid qilish jarayonida Bolalar sog’lomlashtirish oromgohlariga yo’llanma olish axborot tizimiga bolalarning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasining ma’lumotlari (JSHSHIR yoki guvohnoma seriyasi va raqami) kiritilganda ushbu bolaning to’liq ism-sharifi, jinsi, tug’ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры