Uch yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ayol pedagoglar mustaqil malaka oshirishi mumkin (mi)?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi 867-son qaroriga binoan, uch yoshga toʻlmagan yosh bolasi boʻlgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan pedagoglar mustaqil malaka oshirishlari mumkin.

 

27-band. Mustaqil ta’lim orqali kasbiy mahoratni oshirish — pedagog va mutaxassis xodimlar tomonidan o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirish, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.

 

 

uch yoshga to‘lmagan yosh bolasi bo‘lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan pedagog va mutaxassis xodimlar maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda o‘z arizasiga muvofiq elektron platforma orqali mustaqil malaka oshirishi mumkin. Bunda:

 

 

kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari pedagogik kengashlarining qarori hamda pedagog va mutaxassis xodimlarning arizasi asosida tinglovchining mustaqil malaka oshirishi bo‘yicha tegishli buyruqni rasmiylashtiradi;

 

 

– mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi Kasbiy rivojlantirish ta’lim tashkilotida tuzilgan komissiya tomonidan bevosita tashkil etiladi. Ularning oraliq nazoratlari elektron platforma orqali tashkil etiladi;

 

 

– mustaqil ta’lim shaklidagi malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan va yakuniy attestatsiyada ijobiy baholangan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры