Hukumatning “Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra 2025-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat MTTlarida:
– xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish;
– ish vaqti tabellarini shakllantirish;
– tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash;
– ota-onalar toʻlovi va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish
– “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar toʻlovi hamda boshqa toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.
