Yuridik universiteti masʼul shaxsiga jarima qoʻllandi

Prokuratura organlari tomonidan madaniy merosni muhofaza qilish, ulardan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari oʻtkazib borilmoqda.

 

 

Birgina Toshkent shahrining oʻzida 59 ta madaniy meros obyektlaridan taʼlim, 109 tasidan esa vazirlik idoralarning maʼmuriy binosi sifatida foydalanib kelinmoqda.

 

 

Biroq, ayrim tashkilot masʼullari muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan tegishli xulosa chiqarmasdan, milliy boyligimizdan foydalanishda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyib kelmoqda.

 

 

Jumladan, poytaxtning Sayilgoh koʻchasida joylashgan betakror arxitektura yodgorligi boʻlgan sobiq “Ayollar va erkaklar gimnaziyasi”ning (XIX asr) kirish eshiklari oʻzboshimchalik bilan, tegishli ruxsat olinmasdan almashtirilgan.

 

 

Holat yuzasidan sudning 02.12.2024-yildagi qarori bilan binodan foydalanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul shaxsi madaniy meros obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishda aybli deb topilib, jarima jazosiga tortildi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры