Samarqandda maktab direktor o’rinbosari 8-sinf o‘quvchisini daftar yo‘qligi uchun urganligi aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 26-maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchiga qo‘l ko‘targanligi tasvirlangan videolavha tarqalgan.

 

Ma’lum bo’lishicha, Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 26-maktab direktori o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 8-sinf o‘quvchisi daftar olib kelmagani uchun yuziga tarsaki tushirib, uni turtkilagan.

 

Holat bo’yicha Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganishlar olib borgan.

 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirgan:

 

“O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sh. 8- “A” sinfga 2-soatda tarbiya fanidan darsi o‘tish jarayonida o‘quvchi X.A. o’rtasida daftari yo‘qligi uchun ziddiyat kelib chiqqanligi aniqlandi.

O‘qituvchi  M.Sh. ushbu harakatlari  bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi va 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”  282-sonli buyrug‘ining  2-bob 13-bandini  qo‘pol ravishda buzganligi uchun 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan  “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, — deyiladi xabarda.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры