Men 2025-yil bahorda boʻlib oʻtadigan attestatsiyada 70 foizlik ustama uchun topshirmoqchiman. “Agar 86 balldan past boʻlsa, toifasi pasaytiriladi” — deyishdi. Shu toʻgʻrimi?
Bu notoʻgʻri. Chunki 70 foizlik ustama — bu toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda. 86 ball toʻplay olmagan pedagoglarga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmaydi.