Sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlar uchun alohida oʻquv taʼtillari beriladi

Ish beruvchilar tomonidan sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlarga oʻqish davrida mehnat taʼtilini olishni talab qilishi mimkinmi?

 

Mehnat kodeksining 385-moddasiga asosan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʻquv taʼtillari:

 

– oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida oʻn kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotganlarga esa — kamida oʻttiz kun;

 

– oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda oʻqiyotganlarga — kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

 

Eslatma! Ishni oʻqish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular oʻquv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.

 

Manba: Yurist maslahati

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры