2024-yil fevral-noyabr oylarida A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan direktorlikka nomzodlar uchun maxsus menejerlik kurslari tashkil etildi. Ushbu kurslarga jami 1 613 nafar tinglovchi qabul qilingan bo‘lib, ulardan 1 101 nafari kursni ijobiy yakunlab, menejerlik sertifikatlariga ega bo‘lgan.
Mazkur o‘quv dasturi maktab boshqaruvi tizimida zamonaviy menejerlik yondashuvlarini qo‘llash va ta’lim muassasalari samaradorligini oshirishga qaratilgan. Nomzodlarning kurslarni muvaffaqiyatli tugatishi ularning kelgusidagi faoliyatida muhim hisoblanadi.