Toshkentdagi maktablarning birida 54 ta jinoyat sodir etilgan

Toshkent shahridagi mavjud 325 ta umumtaʼlim maktablarining birida 17 ta, yana birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgan.

 

Bu haqda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Milliy gvardiyaning shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Bolalar taʼlim va tarbiyasiga barchamiz masʼulmiz” deb nomlangan tadbirida gapirib berdi.

 

 

Bitta maktabda 17 ta jinoyat sodir etilgan. Oʻn oy davomida (2024-yilning oʻtgan 10 oyi) 17 ta jinoyat sodir etilgan. Shu fursatda 54 ta jinoyat sodir etilgan maktabimiz ham bor. Nima qilish kerak endi bu maktablarni? Maktab direktorlarini ishdan boʻshataversak, bu muammo hal boʻlib qoladimi? Toshkent shahridagi 325 ta maktab direktorini ishdan boʻshatib, yangi qoʻysak shu yechim boʻla oladimi? Shu maktablarda jinoyat sodir boʻlmay qoladimi? Bu savol ham bor-ku, deydi mazkur tadbirda soʻz olgan Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Durdona Rahimova.

 

 

Qoʻshimcha qilinishicha, 2024-yilning 26-aprel kuni taxminan soat 12:00 da Mirobod tumanidagi 94-maktabning 11-sinfida tahsil oluvchi M.A. sinfdoshi A.D. bilan birga ushbu maktabning 9-sinfida oʻquvchi A.B. bilan hech bir sababsiz janjallashib, unga nisbatan ogʻir tan jarohati yetkazgan.

 

Shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimovaning OAV vakiliga maʼlumot berishicha, ayni kunda Toshkent shaharidagi umumtaʼlim maktablarida 15 ming nafar sinf rahbar bor. Ular farzandlari shu maktablarda tahsil oluvchi 800 ming nafar ota-ona bilan hamkorlikda ishlashi va shu orqali natijaga erishishi kerak boʻladi.

 

Manba

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры