Bugun O’zbekiston Respublikasining barcha 14 ta hududida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi. Olimpiada o’tkazilish sanalarini avvalroq xabar qilgan edik.
Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o’quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.
Amaldagi tartib bo’yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g’olib bo‘lgan o’quvchilar har bir o’rin uchun ma’lum miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
— 1-o’rin uchun BHMning 6 baravari;
— 2-o’rin uchun BHMning 4 baravari;
— 3-o’rin uchun BHMning 3 baravari
Mazkur bosqichda 1-2-3 o’rinni qo’lga kiritgan 11-sinf o’quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Maʼlumot oʻrnida, bugun, 25-noyabr kuni oʻtkaziladigan fanlardan nazorat turlari boʻyicha maʼlumot:
9-sinf — Biologiya — yozma ish
10-sinf — Informatika — dasturlash
11-sinf — Matematika, Fizika, Kimyo — yozma ish