Toshkentda oʻquvchilar orasida sintetik narkotik isteʼmol qilish koʻpayayotgani aytilmoqda

Oʻzbekistonda yoshlarning narkomaniyaga ruju qoʻyishi boʻyicha eng koʻp holat Toshkent shahrida qayd etilmoqda. Poytaxtda, shuningdek, oʻquvchilar orasida sintetik narkotiklar isteʼmoli qilish holatlari ham koʻpayib borayotganligi aytilmoqda.

 

Oʻzbekistonda yoshlarning giyohvandlik moddalariga ruju qoʻyishi va isteʼmoli boʻyicha eng koʻp holatlar qayd etilayotgan hudud Toshkent shahri boʻlib turibdi. Bu haqda 15-noyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xalqaro tadbirdan soʻng jurnalistlarga intervyu bergan Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova maʼlum qilganligi haqida xabar berdi Gazeta.uz.

 

Hozirda Toshkent shahrida rasmiy statistika boʻyicha 18−30 yosh oraligʻidagi 473 ming nafar yigit-qiz boʻlsa, ularning 6 ming nafari ogʻir toifadagi yoshlar hisoblanadi. Durdona Rahimovaning qayd etishicha, shu 6 ming kishining 373 nafari giyohvandlik vositalariga surunkali ravishda ruju qoʻygan va psixotrop moddalarni isteʼmol qiladi.

 

Durdona Rahimovaning ma’lumotlariga koʻra, Toshkentda oʻquvchilar orasida sintetik giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlari ham koʻpayib boryapti.

 

“Afsuski, psixotrop moddalarni isteʼmol qilayotgan maktab oʻquvchilari ham bor, buni inkor qilib boʻlmaydi. Bu muammoning ijtimoiy xavfini hisobga olib, uni aniqlashdan qochmaslik kerak, deb oʻylayman. Shu maqsadda maktablarda turli reydlar oʻtkazilyapti, 10-, 11-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari bilan profilaktik tadbirlar olib borilyapti. Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida ham bunday holatlarni aniqlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan”, — dedi u.

 

Hokim oʻrinbosarining taʼkidlashicha, yotoqxonalarda yashaydigan talabalarga nisbatan eʼtiborni kuchaytirish, ularning kechki payt yotoqxonaga oʻz vaqtida kelishi va darsini qilishi ustidan doimiy nazoratni yoʻlga qoʻyish boʻyicha profilaktik tadbirlar ham olib borilmoqda.

 

Shuningdek, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi rahbari Ravshan Mamatov ham Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan, Oʻzbekistonda yoshlar orasida “dorixona narkomaniyasi” tashvishlanarli darajada keng tarqalayotganini ma’lum qilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры