Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda 340 ming so‘mdan 1 million 700 ming so‘mgacha jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi olishini ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘sqinlik qilsa, ularga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (ya’ni 3 million 340 ming so‘mdan 5 million 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.