O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida gazlangan ichimliklar va tuzi yuqori bo‘lgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlandi.
Bu prezidentning 16-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasida ko‘zda tutilgan.
Mamlakatda energetik ichimliklarni voyaga yetmagan shaxslarga sotish qonun bilan man etilgan. Endilikda 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarga energetik ichimliklarni sotish taqiqlanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, bunday ichimliklarni 18 yoshdan kichiklarga sotish holatida 1 875 000 so‘mdan 5 625 000 so‘mgacha jarima solinishi belgilangan.