Maktablarning iqtidorli bitiruvchilariga berilgan oltin va kumush medallar OTMga kirishda imtiyoz taqdim etadimi?

Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda aniq bayon qilingan.

 

Mazkur nizomga ko‘ra, oltin va kumush medallar bilan taqdirlanish bitiruvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda turli imtiyozlar yoki qulayliklar taqdim etmaydi. Ya’ni, bitiruvchilar medallar bilan taqdirlangan holatda ham, universitet yoki institutga kirishda umumiy talablar asosida test va qabul jarayonlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

 

Oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunaviy xulq-atvorga ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga beriladi. Ushbu medallarning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni ta’lim olishga qiziqtirish, ular orasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish va iqtidorli o‘quvchilarning bilimini rag‘batlantirishdir.

 

Shu orqali, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilimga qiziqishini kuchaytirish hamda ularning o‘quv va ijtimoiy faolligiga e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры