Maktab o‘qituvchisini ishga qabul qilish to‘liq direktorning vakolatida.
Mehnat kodeksi 19-moddasida mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi ekanligi qayd etilgan.
Ushbu kodeks 24-moddasiga asosan qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish ish beruvchining asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu kodeks 46-moddasida Ish beruvchining vakilligini hamda ularning huquq va manfaatlarini boshlang‘ich darajada ifoda etish va himoya qilishni tashkilot rahbari ekanligi belgilangan.
Shunday ekan, o‘qituvchini ishga qabul qilish va uni ishdan bo‘shatishga maktab direktori vakolatlidir.
Shunga ko‘ra, direktor o‘zi mustaqil xodimlarni ishga qabul qilishi mumkin.