Maktablardagi qaysi lavozimlar stavkasini oshirish mumkin?

Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-son buyrug‘iga ko‘ra Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining shtat birligi maktabdagi sinflar soniga bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra:

 

–Maktabda 30 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lganda mazkur lavozim uchun 1.5 shtat birligi ajratiladi.

 

Ushbu buyruqning 1-ilovasiga asosan direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari qo‘shimcha ravishda quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

 

–40-49 sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 birlikdan;

 

–50 va undan ortiq sinf komplektlari bo‘lganda 1,0 birlikdan.

 

Yuqoridagi holatda sinflar soni 40ta bo‘lgan bo‘lsa, MMIBDO‘ lavozimi uchun qo‘shimcha 0.5 shtat birligi qo‘shiladi va jami 2 shtat birligidan iborat bo‘ladi.

 

Mazkur shtat birligini tashkil etish uchun maktab rahbariyati, MMTB mudiri hamda tuman Moliya bo‘limi rahbari tomonidan yangi shtatlar jadvali tasdiqlanadi.

 

Shunga ko‘ra bu holatda maktab direktori tuman MMTB va Moliya bo‘limiga sinflar ko‘payganligini asos qilib, shtatlar jadvalini ko‘paytirish haqida alohida xat chiqarishi lozim.

SS

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры