Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, quyidagi shaxslarga pedagog sifatida faoliyat olib borish taqiqlanadi:
-tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligi bo‘lmagan;
-sudning qaroriga asosan muayyan huquqdan mahrum qilingan;
-sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;
-psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan;
-pedagoglik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasallikka chalingan.
Mazkur bandning ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida keltirib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.