Xotin-qizlarning foizsiz ta’lim krediti olish tartibi qanday? Eng muhim savollarga javoblar

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

 

Kimlarga beriladi?

–  O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);

– O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

 

Qaysi kurslarga beriladi?

Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

 

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

Faqat kunduzgi shaklga.

 

Qanday holatlarda berilmaydi?

 

–  Super-kontrakt;

–  sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklga;

–  qo‘shma ta’lim;

–  ikkinchi mutaxassislik;

–  ordinatura;

–  xorijdagi OTMlarga.

 

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

 

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi?

 

Ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat “Ayollar daftari”ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.

 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

– bankka ariza;

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

– taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;

– talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры