Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi.
Qarorga koʻra, tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
1. Hududiy saralash bosqichi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus bot orqali (2024-yil 16-sentabrdan 20-sentabr soat 18:00 ga qadar) taqdimotlar qabul qilinadi. Taqdimotlari Hakamalar hay’ati tomonidan 21-28 sentabr kunlari koʻrib chiqiladi va gʻoliblar aniqlanadi.
2. Respublika bosqichi: 20-oktabrga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi va gʻoliblarni e’lon qilish va taqdirlash 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami arafasida amalga oshiriladi.
Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha taqdimotlar qabul qilinadi:
Ona tili fanidan;
Oʻzbek tili fanidan.
Videotaqdimotga quyidagicha texnik talablar qoʻyilgan:
– har qanday ixtiyoriy qurilmadan foydalangan holda tasvirga olish;
– davomiyligi 5-7 daqiqagacha;
– Microsoft Power Point dasturida;
– slaydlar soni 10 betda;
– matnlar Times New Roman 24 shritftda;
– ranglardam rasm va chizmalardan foydalanish sifat va qulaylikka e’tibor berilishi kerak.
Mazmun jihatdan esa quyidagi talablar qoʻyilgan:
– tinglab tushunishga doir koʻnikmalarni rivojlantiruvchi usullarning berilganligi;
– nutq soʻzlash, gapirishga doir koʻnikmalarni rivojlantiruvchi usullarning koʻrsatilganligi;
– oʻqish va yozish koʻnikmlalarini rivojlantirish usullari;
– har bir metod, texnologiyani darsning qaysi qismda foydalansihga tavsiya berilganligi;
– har bir metod, texnologiyani qaysi mavzularda va qaysi sinflarda qoʻllashga tavsiyaning mavjudligi, ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalanilganligi hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyitilganligi;
– tavsiyalarning oʻziga xosligi, samadorligi, qoʻllashda qulayligi;
– grammatik, orfografik, uslubiy hamda tinish belgilari bilan bogʻliq xatoliklarning boʻlmasligi;
– taqdimotda faqat matndan foydalanmasdan, mavzuni yoritishda zamonaviy shakl, animatsion, infografika va diagrammalardan foydalanilganligi;
– taqdimotga mazmun va shakl jihatdan kreativ yondashuv.
Tanlov nizomini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: