“Collegium Humanum” universiteti egalari Polshada hibsga olingani aytilmoqda. Universitet filiali Andijonda ham bor

Polshaning sobiq Yevropa Ittifoqi qonunchisi va Yevropa Parlamentining vitse-prezidenti Ryszard Czarnecki Collegium Humanum xususiy universiteti tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar sabab hibsga olingani aytilmoqda.

Universitet Polshaning Markaziy Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (CBA) tomonidan tekshirilmoqda. Xususan, byuro Collegium Humanum universiteti MBA diplomlarini moddiy va shaxsiy manfaatlar evaziga berib, talabalarni Polshaning davlat kompaniyalari boshqaruv kengashlariga kiritganini da’vo qilmoqda.

Universitetning asoschisi va sobiq rektori Paweł Czarnecki CBA tomonidan fevral oyida hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Czarneckiga 30 ta jinoyat, jumladan poraxo‘rlik, o‘z lavozimidan suiiste’mol qilish va odamlarni jinsiy aloqaga majburlash kabi ayblovlar ham qo‘yilgan.

Ta’kidlash lozim, “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti 2018-yilda faoliyatini boshlagan bo‘lib, Andijon shahrida ham o‘z filialiga ega.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры