O’zbekistondagi maktablarda dars berish uchun AQSHdan o’qituvchilar keldi

O’zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o’qituvchi keldi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, Gazeta.uz nashri xabar berdi.

 

Amerikalik o’qituvchilar Oʻzbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun kelgan. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o’qituvchisi, 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.

 

Yangi o’quv yilida O’zbekistondagi maktab va universitetlarda 20 nafar amerikalik ingliz tili o’qituvchisi ish boshladi, deya xabar qildi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, ular 2024-2025-oʻquv yilida O’zbekistonning 10 ta viloyatida ingliz tilini o’qitish va oʻrganishga yordam beradi. 2019-yildan buyon mamlakatda 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda 98 nafar amerikalik ingliz tili ishlamoqda. oʻqituvchisi

 

Amerikalik mutaxassislardan foydalangan holda ingliz tilini o’rgatish tashabbuslari 2019-yilda AQSh elchixonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan boshlangan.

 

Loyiha AQSh hukumatining Oʻzbekistonda ingliz tili ta’limini kuchaytirish, jumladan, butun mamlakat boʻylab 18 mingdan ortiq ingliz tili o’qituvchisini tayyorlash borasidagi ulkan majburiyatlarining faqat bir qismidir”, – deyiladi xabarda.

 

2018-yildan buyon AQSh hukumati O’zbekistonda ingliz tili oʻqitish va o’rganishga 31,2 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

 

AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Henik Toshkentda amerikalik oʻqituvchilarni kutib olarkan, “Barchangiz nafaqat ingliz tili ko’nikmalarini oshirish, balki AQSh va O’zbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o’ynamoqdasiz”, ham dedi u.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры