Namanganda 3 ta OTM birlashishi mumkin - Ta’lim xabarlari
Namanganda 3 ta OTM birlashishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi birlashishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

 

Gap Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati instituti haqida ketmoqda.

 

Birlashtirilgan OTMlar Namangan davlat texnika universiteti deb nomlanishi mumkin.

 

Ushbu ma’lumotga vakolatli tashkilotlar tomonidan hozircha rasmiy munosabat bildirilmadi.

 

Ta’kidlash lozim, shu yilning boshida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Moliya instituti va Fiskal instituti birlashtirilgan edi.

 

Shuningdek, shu yilning 20-iyun kuni Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida 36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qolishi maʼlum qilingandi.

 

Ushbu topshiriqdan kelib chiqqan holda bungacha Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qoʻshib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilgan edi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры