Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
Shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yish mumkin.