Ta’lim krediti haqida batafsil ma’lumot - Ta’lim xabarlari
Ta’lim krediti haqida batafsil ma’lumot

Ta’lim kreditiga oid barcha savollarga quyida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 

Kredit miqdori qancha? 

 

1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

 

Qancha muddatda qaytarish kerak?

 

O‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.

 

Kredit necha foizga beriladi?

 

🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);

👩‍🎓qizlar uchun – foizsiz (0%);

Eslatma! Agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

 

Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

 

–  faqat kunduzgi taʼlim shakliga;

–  bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga;

–  to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan;

–  yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

 

Qanday holatlarda kredit berilmaydi?

 

–  super-kontrakt uchun;

–  sirtqi;

–  kechki;

–  masofaviy;

–  maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

 

Qaysi OTMlar uchun beriladi?

 

Taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalari uchun beriladi.

 

–  oliy;

–  o‘rta maxsus;

–  professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari

–  yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

 

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun va  HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

 

 

Kafillik talab etiladimi?

 

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

 

Chet el fuqarolariga ham beriladimi?

 

Taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

 

 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

 

Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
k) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

 

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

 

Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

 

Shuningdek, kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

 

 

Eslatma! Ta’lim kreditiga quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish mumkin:

1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).

 

Bankka borish ma’qul bo’lsa, unda bu variantni ham ko’rishingiz mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры