Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? - Ta’lim xabarlari
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday?

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha:

 

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

 

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

 

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

 

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

 

 

To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi. kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi.

 

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

 

Eslatma: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры