Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi 34-IDUM da 9-sinf o‘quvchilari ichidagi zo‘ravonlar boshqa o‘quvchilardan majburlab pul undirayotgani va kaltaklashayotgani haqida videoxabar tarqaldi.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab talimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova quyidagicha izoh bildirdi:
“Joriy yilning 9 sentyabr kuni ” Asaka tumani 34-IDUMdagi holat” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Ushbu holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olindi, hozirda Andijon viloyati MMTB tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi”.