Tuman mudiri  direktorlarga o‘quvchilarini xususiy maktablarga yuborish topshirig‘ini bergani aytilmoqda

Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlariga noma’lum tuman bo‘lim boshlig‘i tomonidan, o‘z o‘quvchilarini xususiy maktablarga yuborishi so‘ralgan.

 

Bloger Isroil Tillaboyev o‘z telegram kanalida, bu holatga quyidagicha munosabat bildirdi:

 

Bizdagi ta’limga bo‘lgan umid shu darajadaki, hattoki  tuman bo‘limi boshlig‘i ham buni yaxshi bo‘lib ketishiga ishonmay,  ota-onalarga xususiy maktablarga bolasini jo‘natishini so‘rab bolalarni davlat nomidan o‘qitishga mas’ul etib tayinlangan direktorlariga topshiriq beradi. Rasmiy xat bu bajarish shart bo‘lgan ijro hujjati hisoblanib,  uning ijrosi ta’minlanishi nazorat qilinadi, demak maktab direktorlari nechta o‘quvchini xususiyga yuborgani haqida hisobot beradi, ehtimol o‘quvchilarini xususiyga haydamaganlar gap eshitadi😂😂😂

 

Ho‘p, xususiy maktablar ham kerak,  sifatda raqobatni sal hosil qiladi mayli, lekin ja unchalikmasda o‘rtoq mudirlar,  hozirdanoq sizlar oq bayroq ko‘tarvorsalaring qolganlar nima qilsin,  sal hazilakam bo‘lsa ham kurashinglar xususiylardan yaxshi o‘qitishga harakat qilishga, jang qilmasdan yengilsalaring xususiyga puli yetmaydigan xalqqa qiyin bo‘ladida ahir.
O‘zi tabaqalanish kuchayaveradi bundan buyog‘iga, buni endi mudirlar o‘zi bosh bo‘lib yordamlashishi sharmandada.
O‘ynab qo‘yay xususiyjonlardan))

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры