Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha? - Ta’lim xabarlari
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (17.09.2021-yil 572-son) qaroriga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Toʻlovlar miqdori:

 

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm)

 

b) https://pedkadr.uzedu.uz/ – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm)

 

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm)

 

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan “invoys” raqamiga (https://t.me/pka_tdi_uz/5762) oʻtkazish kerak boʻladi!

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры