Avvalgi yillarda magistratura uchun faqatgina til sertifikati bo‘lgan talabalar hujjat topshira olgani sababli, talabalar soni nisbatan kamchilikni tashkil etardi. Buning natijasida, kvotalar to‘lmay qolishi holatlari ham kuzatilar edi.
Lekin bu yildan til sertifikati bo‘yicha bir qator imkoniyatlar berilgani sababli, magistraturaga hujjat topshirganlar soni ortib ketdi, natijada kvotalar to‘lib, magistraturaga kira olmaganlar soni ham ortdi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, magistraturaga kvota doirasida o‘qishga kira olmaganlarga ham qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida bir talabaning o‘qishiga ketadigan sarf-xarajatlardan kelib chiqib belgilangan kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Lekin buning uchun Davlat qabul komissiyasi bayonini kutish talab etiladi. Ushbu qarorda, super-kontraktga o‘xshash 3-4 baravar kontrakt emas, balki 1 talabani o‘qitishga ketadigan sarf-xarajatlar belgilanadi. Bu summa 15-20 mln atrofida va bu miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lishi ham mumkin.