Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotganligi sababini ochiqladi - Ta’lim xabarlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotganligi sababini ochiqladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotgani hamda mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotganligi haqidagi savoliga javob berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq fan olimpiadalari g’oliblari qanday rag’batlantirilishi haqida xabar bergan edik.

 

“Avvallari fan olimpiadalarida yutgan o‘quvchilar faqat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan. 2019-yildagi Prezident qarori bilan esa fan olimpiadalari, xususan jahon olimpiadalarida yutgan o‘quvchilarimizni ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

 

Nafaqat o‘quvchi yoshlarga balki ularning ustozlari ham rag‘batlantiriladi. Bu tizim asosan 5 yo‘nalishdagi fan olimpiadalari uchun ishlaydi. Qarorga ko‘ra xalqaro IT yo‘nalishi, matematika, fizika, kimyo hamda biologiya fan olimpiadalarida birinchi o‘rin olgan, oltin medal sohibiga BHM 500 barobar miqdorida taqdirlanadi. Kumush medal sovrindorlari 300 barobar, bronza medal uchun esa 200 barobar taqdirlanish belgilab qo‘yilgan.

 

To‘g‘ri, ko‘p hollarda sport musobaqalari va fan olimpiadalari bir xil vaqtda o‘tkaziladi. Ammo bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, fan olimpiadalari har yili bo‘ladi. Olimpiada esa 4 yilda bir marta o‘tkaziladi”,– deydi vazir.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры