1-sinflardagi informatika darsini informatika fani oʻqituvchilari emas, balki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻtadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 15 may kungi 125-sonli buyrugʻida aytilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2022 yil 10 oktyabrdagi “Zamonaviy maktab darsliklarini tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda maktab ta’limi sifatini oshirish toʻgʻrisida”gi 14-sonli bayoni, Prezident Administrasiyasining 2023 yil 27 apreldagi 08-740-sonli xatiga muvofiq “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-sinfdan boshlab oʻqitish belgilandi .

 

Mazkur bayon ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-2024 oʻquv yilidan 1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi. Unga koʻra, 1- va 5-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11 sinflarda haftasiga 2 soat oʻqitiladi.

 

1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.

 

Bunda, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini oʻqitadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры