Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi - Ta’lim xabarlari
Yo‘nalishlar va OTMlar kesimida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi

Tanlovda qatnashgan abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish va OTMlarda kontrakt, grant uchun o‘tish ballarini bilib olishlari mumkin.

 

Bilimlarni baholash agentligining rasmiy sahifasida 2024 yilgi o‘tish ballari e’lon qilindi. Saytda avval hudud, keyin OTM, ta’lim shakli va tili tanlanganidan keyin grant va kontraktga o‘tish ballari kelib chiqadi.

 

O‘tish ballarini bilish o‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun muhim. Ya’ni super-kontrakt asosida o‘qish niyati bo‘lganlar ballari super-kontraktning 4 ballik arzon turiga mos kelish yoki kelmasligini bilib olishlari mumkin.

 

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerak, hozir abituriyentlar o‘zlarining kontrakt yoki grantga kirganini bila oladi, nechanchi o‘rinda turgani esa hali saytda ko‘rinmayapti.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры