Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan - Ta’lim xabarlari
Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Yangi o‘quv yili uchun super kontrakt miqdori tasdiqlanganligi haqida turli telegram kanallarda xabarlar tarqalmoqda. Tahririyatimiz tomonidan super-kontraktga oid eng muhim savollarga javoblar shu yerga jamlandi.

 

 

Joriy yilda super-kontrakt narxi qancha?

 

OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilanadi.

 

2024-2025 o‘quv yili uchun miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.

 

 

Super kontrakt tabaqalashtirilgan kontraktning necha barobarida to‘lanadi?

 

Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilangan edi.

 

Hozircha joriy yilgi qabul uchun ushbu miqdor belgilanmadi.

 

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

 

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

 

 

Ya’ni, abituriyent tanlagan yo‘nalishida eng oxirgi o‘rinda kontraktga kirgan abituriyentning ballidan qancha past ball to‘plaganiga qarab super-kontrakt to‘laydi.

 

Bunda, oxirgi kontrakt 123 ball bo‘lsa va siz 122,5 ball bilan o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, ushbu yo‘nalishga belgilangan kontraktning 1.5 barobarida kontrakt to‘lab, o‘qishga kirishingiz mumkin bo‘ladi (agar ushbu super-kontraktni belgilash miqdori o‘zgarmasa).

 

 

Super-kontrakt uchun ham ta’lim krediti beriladimi?

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры