Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda

Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan anʼanaviy III “Ustozlar Milliy forumi” boʻlib oʻtmoqda.

Har yili yangi oʻquv yili oldidan ilgʻor metodikalar va sohadagi yangiliklarni oʻqituvchilarga yetkazish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirda umumtaʼlim fanlari, maktabgacha taʼlim, maʼnaviyat kabi yoʻnalishlarda mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

Forumda trener sifatida ishtirok etayotgan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Sevara Xasanova joriy yilgi forum ham yuqori saviya tashkil etilganini taʼkidlar ekan, sohadagi yangiliklarni ustozlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etayotganini maʼlum qildi.

 

“Forum doirasida “7-sinf kimyo fanidan yangi oʻquv majmua va uni amaliyotga samarali tatbiq etish” mavzusida ham seminar-trening oʻtkazildi. Dars davomida hududlardan tashrif buyurgan pedagoglarga yangi darslik mazmuni, undagi yangiliklar, darslarni tashkil etishda oʻquvchilarga tadqiqotchilik6 koʻnikmalarini rivojlantirish, tadqiqot rejalarini tuzish, darslikda berilgan ruknlar 5E bilan qanday bogʻlanganligi, mashq daftaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, oʻqituvchilar kitobida nimalarga ahamiyat berilganligi, yashil kimyo, ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish, mavjud muammolariga yechimlar taklif etish orqali oʻquvchilarda ekologik savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar berildi.” – dedi markaz bo‘lim boshlig‘i.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры