2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.