Imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bunda talaba yotoqxona to‘lovidan qisman yoki to’liq ozod etilishi mumkin.
Quyidagilar yotoqxona to‘lovidan to’liq ozod etiladi:
— ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
— chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etgan) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etgan);
— mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
Quyidagilarga umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
— umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi borlar;
— vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.