O‘quvchilar maktab hududida telefon ishlatishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qaroriga ko‘ra ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar: -telefonini o‘chirib qo‘yishi; -telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shartligi belgilangan. Shunday ekan har bir o‘quvchi maktab hududiga kirganda yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishi shart. […]